"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- Toy ozg‘ini yo‘rg‘a bo‘lar.
- Toy qoqilmay ot bo‘lmas.
- Toy qoqilmay yo‘l tanimas.
- Toy qoqilmay yo‘l topmas, er qoqilmay do‘st topmas.
- Toy toydan qolsa, qulog‘ini tishlaydi.
- Toy to‘ysa, uyurdan chiqmas.
- Toy ulg‘aysa, ot tinar, O‘g‘il ulg‘aysa, ota tinar // Toy ot bo‘lsa, ot tinar, O‘gil er yetsa – ota // Toy ot bo‘lgach, Ot ozod bo‘lar.
- Toy yaxshisi otga ergashar, Ot yomoni toyga ergashar// Yaxshi toy otga ergashar, Yomon ot toyga ergashar.
- Toychoqlar ot bo‘lguncha yuraklar lat bo‘ladi.
- Toyligidan tuyog‘i singan – uzoqqa chopolmas.
- Toyni//Otni boqsang, ot bo‘lur, Yovni quvsang, mot bo‘lur.
- Toyning ot bo‘lishi – ko‘rinishidan ma’lum.
- To‘qol sigir – suzo(n)g‘ich, Oqsoq biya – tepo(n)g‘ich.
- To‘riq otga – temir taqa.
- To‘rt oyoqli ot ham qoqiladi.
- Tug‘ilmagan toyga – temir ing‘irchoq.
- Tulpor tubiga tortar.
- Tulporning tuyog‘i – o‘ziga dori.
- Tuyog‘i butun tulpor yo‘q, Qiyog‘i//Qanoti butun shunqor yo‘q.
- Uchqur otning orqasini yag‘ir qilma.
- Uyurini tanimagan ot, elini tanimagan er bo‘lmas.
- Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yot yaxshi, Yaxshi yuguruk eshakdan yomon bo‘lsa ham, ot yaxshi.
- Xarishni xariga bog‘lasang, og‘ilni yiqitadi.
- Xashaki otni yemga o‘rgatsang, to‘rvaning tagini teshadi.
- Xat muhridan, ot tishidan, odam tilidan bilinadi.
- Yapaloqni maqtagan bilan shunqor bo‘lmas, Yomon otni maqtagan bilan tulpor bo‘lmas.
- Yarlining yolg‘iz oti – ayg‘ir, Yotib olib qayg‘ir.
- Yarlining yolg‘iz oti – qochag‘on.
- Yaxshi ot jonga sherik, Yomon it molga sherik.
- Yaxshi ot kelar Jizzaqdan, Qo‘shsa kelar uzaqdan.
- Yaxshi ot – jonga sherik, Yaxshi it – molga sherik.
- Yaxshi ot – yarim rizq.
- Yaxshi otning tishin ko‘rma, Yaxshi odamning yoshin so‘rma.
- Yaxshi xotin yo‘qni yo‘mzab to‘ydirar, Yomon xotin yolg‘iz otni so‘ydirar.
- Yaxshi yigit mingan otin horitmas, Yaxshi xotin tekkan erin qaritmas.
- Yayovning oti – choriq, kuchi – oziq.
- Yelka “yag‘iri” – otga meros, ota “yag‘iri” – o‘g‘ilga meros.
- Yemiga chidasang, ot ol, Sarfiga chidasang, xotin ol.
- Yemsiz ot yugurmas.
- Yetti yashar otni “xusht-xusht”lab sug‘orma.
- Yigit obro‘si – arg‘umog‘i, Kelin obro‘si – chaqalog‘i.
- Yigitning zo‘ri jangda bilinar, Otning zo‘ri – qiyada.
- Yilqi qulundan o‘sar.
- Yilqi so‘ygan uyga uch kungacha bor, Sigir so‘ygan uyga uch kundan keyin bor.
- Yilqi – molning poshshosi, Tuya – molning qashqasi.
- Yilqichining bir ko‘rganin xon ko‘rmaydi, Bir ko‘rganin it ko‘rmaydi.
- Yilqichining yeganini birda it yemaydi, birda xon yemaydi.
- Yilqining bo‘zi yaxshi.
- Yilqining go‘shtini yesang – tishingga kiradi, yemasang – tushingga kiradi.
- Yilqining minsa – usti, ichsa – suti, yesa – eti bor.