"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- Otasi devor minmaganning o‘g‘li ot minibdi.
- Otboshi, Arpa yerinda horidi ot, Ot otang bo‘lsa, qoziqni qoq-da, yot.
- Otboz ko‘rgan – ot tanir, Ustoz ko‘rgan – xat tanir.
- Otda quyruq bo‘lmasa, yoldan ne foyda?!
- Otdan ayrilsang ayril, To‘qimidan ayrilma // Otdan ayrilsang ham, egar-to‘qimidan ayrilma.
- Otdan ola ham tug‘ar// tug‘ilar, qora ham.
- Otdan toy o‘zadi, Otadan – bola.
- Otdan tushsa ham, uzangidan tushmaydi.
- Otdan yiqilgandan eshakdan yiqilgan yomon.
- Otdan yiqilsin, yov o‘lsin.
- Otdan – ot , Eshakdan – eshak.
- Otga do‘st kabi boq, Dushman kabi min.
- Otga minolmagan – uzangidan o‘pka qilgan ekan // Otga minolmagan uzangidan o‘pkalar.
- Otga minsang, boshingni o‘yla, Yerga tushsang – otingni.
- Otga o‘rgangan oyoq yayov yurolmas, Oxurga o‘rgangan arg‘umoq yerdan yeyolmas.
- Otga taqa qoqqanda, baqa//eshak//qurbaqa//toy ham oyog‘ini ko‘tarar.
- Otga – jabduq, Odamga – libos.
- Oti birning – joni bir.
- Oti bor otsiz qolmas.
- Oti bor – Alpomish.
- Oti borning – qanoti bor, Sigiri//Moli borning siyi//baxti bor.
- Oti borning – qanoti bor.
- Oti o‘lsa, toyi bor – no‘xtasi yerda qolmaydi, Otasi o‘lsa, o‘g‘li bor – yurti vayron bo‘lmaydi.
- Oti yo‘q arpa g‘amin yemas.
- Oti yo‘q – oxir tuzar.
- Oti yo‘qning – buti yo‘q.
- Otiga kuchi yetmagan – shotini tepkilaydi.
- Otim bor qo‘ramda, Qayg‘um yo‘q bo‘ronda.
- Otim chaman bo‘lsa ham, usti omon.
- Oting ayg‘ir bo‘lsa, yotib qayg‘ir.
- Oting borida el tani, otang borida er tani.
- Oting oriq bo‘lsa, to‘rvadan ko‘r.
- Oting xo‘ra bo‘lsa – berdi Xudo, xotining xo‘ra bo‘lsa – urdi Xudo.
- Oting yomon bo‘lsa armoning ketar, Bolang yomon bo‘lsa darmoning ketar, Xotining yomon bo‘lsa, mehmoning ketar.
- Oting yomon bo‘lsa, armoning ketar. Xotining yomon bo‘lsa, darmoning ketar.
- Oting yomon bo‘lsa, armoning ketmas.
- Oting yomon bo‘lsa, sotib qutulasan, Xotining yomon bo‘lsa qaytib qutulasan?
- Oting yuguruk bo‘lsa, yuzing yorug‘ bo‘ladi.
- Oting – qanoting.
- Otingni berma, Bergandan keyin: “Mindi” dema!
- Otingni sot, molingni sot, oshna-og‘ayni orttir.
- Otingni sot, to‘ningni sot – quloqboshi bo‘l.
- Otingni yurib turganida qamchila.
- Otini ayagan yo‘lda qolmas, Elini siylagan//ayagan − cho‘lda// Otini silagan piyoda qolmas, Elini siylagan eshikda qolmas.
- Otini ayagan – ot minar, to‘nini ayagan – to‘n kiyar// Otni ayasang – otga yetadi, To‘nni yamasang – to‘nga.
- Otlangan otasin bilmas.
- Otli yigit – baxtli yigit.
- Otlik eshaklikka hamroh bo‘lolmas.
- Otlining nasibasi – oltov, Tuyalining nasibasi – to‘rtov.
- Otliq bo‘lsang, eshaklikka salom ber.