"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- O‘z qarindoshini yomonlaganning jazosini yot berar, O‘z otini yomonlaganning jazosini yo‘l berar.
- O‘zi otli – so‘zi totli.
- O‘ziga yol bo‘lmagan – O‘zgaga quyruq bo‘lmas.
- O‘zim hisoblasam – ot bilan tuya tegar, o‘zgaga hisoblatsam – shaftoli qoqi ham tegmas.
- Palov yesang moyi bilan, Yo‘rg‘a minsang shoyi bilan.
- Pichan pishguncha ot o‘lib bo‘ladi.
- Podachi noshud bo‘lsa, sog‘ otni ham cho‘loq qiladi.
- Poyga olmagan kulukdan Beli yo‘g‘on biya yaxshi. Qadr bilmas qarindoshdan Yaqindagi yot yaxshi.
- Qalmoq olgan qarimas, Arg‘umoq mingan horimas.
- Qamchilatgan yuguruk yuguruk emas.
- Qanoat qilsang, qorning to‘yar, Beqanoat otini so‘yar//Qanoat qorin to‘ydirar, beqanoat yolg‘iz otni so‘ydirar.
- Qarchig‘ay qozon to‘ldirar, itolg‘u ot o‘ldirar.
- Qari bo‘z qartayganda yo‘rg‘a chiqaradi.
- Qariganda ot tezagi oltin ko‘rinar.
- Qashangni qamchilamasa, yurmas.
- Qazisan, qartasan, zotingga tortasan.
- Qing‘ir qiliq ot hurkitar.
- Qiz qalini – qirq yilqi.
- Qobil o‘g‘il ot mindirar, Noqobil o‘g‘il otdan endirar.
- Qo‘y olsang yomg‘irda ol, Ot sotsang yomg‘irda sot.
- Qo‘y – haydovda, ot – bog‘lovda go‘shtga go‘sht qo‘shadi.
- Qulon quduqqa qulasa, Cho‘l baqasi ayg‘ir bo‘ladi.
- Qulun ham ot bo‘lar, Yo‘lini topib olar.
- Qulunlagan biyadan quduqdagi suv ortmas.
- Qulunli biya ovulga sig‘mas.
- Qush qanoti bilan, Er oti bilan (kuchli).
- Sakson biya, sakkiz tuya – Sepli qizning qalini.
- San – solor, man – solor, Otga yemni // cho‘pni//bedani kim solar?!
- Sekin eshsang, bog‘ bo‘lur, ot-eshaging sog‘ bo‘lur.
- Sevimsiz yordan kezimlik ot a’lo.
- Sherning o‘ligi ham ot hurkitadi // Sherning ohi ham ot hurkitar.
- Sho‘rlining oti kunda chopuvli.
- Sho‘x otga – po‘lat jilov.
- Sinagan yomonni yana qayta sinama, Yurmaydigan chamanni yurgizmoqqa qiynama.
- Sipohining qarisi, arg‘umoq otning qarisi, nor tuyaning qarisi shumshuk bo‘lur// Sipoyining qarisi, Arg‘umoq otning qarisi.
- Siylangan otning tishiga qaralmas// Tekin otning tishini ko‘rma//
- Sulton suyagini xo‘rlamas, olg‘ir – otini.
- Sumbula tug‘ar sumpayib, Ot semirar qampayib// Sunbula tug‘sa, ot semirar.
- Suyanchig‘i borning oti ham qoqilmas.
- Tayoqda toy kuchi bor.
- Tentak otga minsa, Tangrisin tanimas.
- Tepmas ot bo‘lmas, Qopmas it bo‘lmas // Tepmas ot yo‘q, Qopmas it yo‘q.
- Til ketidan ot bilan ham yetib bo‘lmas.
- Tishlong‘ich ot tishin ko‘rsatmas.
- Tog‘ ustidan ot ham o‘tadi, eshak ham.
- Toy berib yig‘latdim, ot berib tindirolmadim.
- Toy bosmagan yerni toychoq bosar.
- Toy irg‘ishlaydi-yu, aravani ot tortadi.
- Toy ot bo‘lganin sezmas, Yigit ota bo‘lganin sezmas.
- Toy ot bo‘lsa ot tinar, o‘g‘il er bo‘lsa ota tinar.