"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- Otliq odamni ko‘rsa, Piyodaning oyog‘i toladi.
- Otliq otini yo‘rtar, Otsiz ketini yo‘rtar.
- Otliq yo‘ldosh bo‘larmi aravalik bilan, Yo‘rtoq yo‘ldosh bo‘larmi yo‘rg‘alik bilan?
- Otliqqa ergashaman deb, toylikning puti yirtilibdi.
- Otliqqa salom berib, eshaklikdan umid kutma.
- Otliqqa yayov yetolmas.
- Otni boqsang, qashib boq, yemni yemga qo‘shib boq.
- Otni ko‘rsa – oqsaydi, suvni ko‘rsa – suvsaydi.
- Otni mingil Buroqdan, Buroq kelar yiroqdan.
- Otni origanda ko‘r, Yigitni – qariganda.
- Otni oriqlikda sina, Qizni – yetimlikda.
- Otni ot saqlaydi, Ochni – och.
- Otni qamchi bilan haydama, Yem bilan hayda.
- Otni qamchi bilan haydasang, piyoda qolarsan.
- Otni qo‘shga qo‘shganda ko‘r, kelinni uyga tushganda ko‘r.
- Otni tepmaydi, dema, Itni qopmaydi, dema.
- Otni yaxshi ko‘rsatgan − tuyoqdagi taqasi // Otni yaxshi ko‘rsatgan – oyog‘idagi taqasi, To‘nni yaxshi ko‘rsatgan – yengi bilan yoqasi.
- Otning achchig‘i – tizginiga.
- Otning bari tulpor bo‘lmas, Qushning bari shunqor bo‘lmas.
- Otning boshiga urma.
- Otning chamaniga minguncha, Piyoda yur o‘lguncha.
- Otning dumi – o‘ziga qo‘rg‘ich.
- Otning fe’li minganda bilinadi.
- Otning oqligi Oy bo‘lolmas.
- Otning oti ulug‘, tuyaning – tovoni.
- Otning to‘rig‘i yaxshi, Yuganning – o‘rig‘i.
- Otning to‘rt oyog‘i bo‘lsa-da, qoqinadi.
- Otning tuyog‘i tuyanikidek bo‘lsa, tog‘ni ko‘tarardi.
- Otning yaxshisi tizidan ma’lum, odamning yaxshisi so‘zidan.
- Otning yoli yo‘g‘on qamchidan hurkadi, Odam qulog‘i – yomon xabarchidan.
- Otning yomoni – surinchak, Odamning yomoni – erinchak.
- Otning zo‘ri qiya oshganda bilinadi, Erning zo‘ri qo‘riq ochganda bilinadi.
- Otning zo‘ri yo‘lda bilinadi, yigitning zo‘ri cho‘lda bilinadi.
- Otolmagan yigitdan Atalib yurgan ot yaxshi.
- Otolmaganning o‘qi olti qulochdan oshmas.
- Otsiz er – qanotsiz qush.
- Otsiz olomon – suvsiz tegirmon.
- Otxonada ayvon bo‘lmas, bolxonada – hayvon.
- Oy minmay otingni maqtama, Yil turmay – xotiningni.
- Oyga qarab adashsang, otingni “Oltin qoziq”qa bog‘la.
- Oyni etak bilan yopib bo‘lmas, Yomon ot bilan uloq chopib bo‘lmas.
- Oyog‘ingni ot qil, Qo‘lingni qamchi qil.
- Ozgan ot arg‘umoq bo‘lmas// Ozgandan so‘ng arg‘umoq ot bo‘lmas.
- Oziqli ot horimas, Qarindoshli qarimas.
- Oziqli ot horimas// Oziqli ot horimas, Horisa ham orimas.
- O‘g‘il qanotli ot bo‘lsa, qiz qanotli qushdir.
- O‘g‘ridan botir chiqsa, chodirga qarab ot qo‘yar.
- O‘lma, otim: yoz kelur, yo‘ng‘ichqa bitar.
- O‘rta yo‘lda oting o‘lmasin, O‘rta yoshda – xotining.
- O‘z otiga minmagan uzoqqa borolmaydi.