Maqollar xalqning tarixi, urf-odatlari, e'tiqodi, madaniyati, dunyoqarashi, hayot tarzini aks ettiradi. "Ot" komponentli maqollarda faqat hayvon haqidagina so'z bormaydi. Ularni majoziy ma'noda ham talqin qilish mumkin. Ular zamirida tarbiyaviy ahamiyatga ega ma'no qatlari bor.
PDF formatda o'qishSaytdagi barcha o'zbek, turk va rus maqollari ichidan qidiring.
O\'zbek xalq maqollari
Turk xalq maqollari
Rus xalq maqollari
Har kuningizni uch maqol bilan boshlang! Bu yerda sizga o'zbek, turk, rus xalqlarining eng sara maqollaridan tanlab taqdim etiladi. O‘qing, o‘ylang, hayotingizda qo‘llang!
Turkiy xalqlar mushtarak madaniy qadriyatlarining muhim qismi hisoblangan maqollar mazkur xalqlar tarixiy taraqqiyotining oʻziga xos namunalari, umumiy merosi sifatida qaraladi. Mazkur maqolada “ot” komponentli o‘zbek va turk maqollarida ot-qiz parallelligi vositasida ifodalangan lingvomadaniy xususiyatlar haqida fikr yuritiladi.
Maqolani o\'qish
Turkiy xalqlar maqollarida eng ko‘p tilga olingan hayvon ot hisoblanadi. Bu esa turkiy xalqlarning ovchilik va harbiy soha bilan bog‘liq bo‘lgan hayoti, turmush tarzida otning juda katta ahamiyatga ega bo‘lgani bilan izohlanadi. “Ot” komponentli turk maqollarida boshqa hayvonlar nomlari ham uchraydi. Tadqiqotimizda ana shunday maqollar tahlil qilinadi.
Maqolani o\'qish
O‘tmishdagi madaniy qadriyatlar haqidagi ma’lumotlar til vositasida keyingi avlodlarga yetkaziladi. Shu ma’noda tilni “ma’naviy qadriyatlarni kelajak avlodlarga yetkazuvchi moddiy va ma’naviy ko‘prik”, deb ta’riflash mumkin. Til birliklarining tadqiqi natijasida ularning mohiyati to‘laroq ochiladi.
Maqolani o\'qish