"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- Ot o‘ladi, qush qochadi.
- Ot o‘lar – maydon qolar, Yigit o‘lar – shon qolar.
- Ot o‘lgudek, arava singudek ish qilma.
- Ot o‘limi – itga to‘y.
- Ot o‘lmas, arava sinmas.
- Ot o‘yini qirq yilda bir bo‘ladi.
- Ot qadrini bilmagan yayov o‘ysin ko‘zini, Yor qadrini bilmagan yesirlik o‘ysin ko‘zini.
- Ot qadrini bilmasang, yayovlik berar jazongni, Osh qadrini bilmasang, ochlik berar jazongni, Hech narsani bilmasang, Xudo olsin sazongni.
- Ot qadrini bilmasang, yayovlik berar jazongni, Osh qadrini bilmasang, ochlik berar jazongni.
- Ot qadrini chopgan bilar, Miltiq qadrini otgan bilar.
- Ot qadrini oti yo‘q bilmas, Osh qadrini qorni to‘q bilmas.
- Ot qadrini yo‘q bilmas, Osh qadrini – to‘q.
- Ot qarisa – so‘qim bo‘lar, Kosib qarisa – yamoqchi.
- Ot qarisa, eshak bilan do‘stlashadi, Odam qarisa – to‘shak bilan.
- Ot qartaysa, eshak bilan do‘stlashar, Odam qarisa – to‘shak bilan.
- Ot qulun tug‘ar, odam uni ot qilar.
- Ot quroli – qamchi, it quroli – tayoq.
- Ot safarda bilinar, yot – yeyarda.
- Ot sag‘ridan bilinar, Qo‘y – bag‘ridan // Ot sag‘ridan, Qo‘y bag‘ridan (semiradi).
- Ot sinovi bir bo‘lar, Do‘st sinovi ming bo‘lar.
- Ot sirini o‘tarchi biladi.
- Ot sug‘or desa, labi yorilgan emish.
- Ot surinmay yo‘l topmas, Er surinmay mol topmas.
- Ot surinmay yo‘l topmas, Yigit chopmay//urinmay – mol.
- Ot surinmay yo‘l topmas, yigit yer chopmay mol topmast.
- Ot surinmay yo‘l topmas.
- Ot tegdi – qanot tegdi.
- Ot tepar, xachir tepar, Orada eshak o‘lar.
- Ot tepkisi otga o‘tmas // Ot tepkisini ot ko‘taradi, Toy tepkisini toy ko‘taradi.
- Ot tizgini kimda bo‘lsa, shunga bo‘ysunadi.
- Ot tortishib ot taniydi, El tortishib el taniydi.
- Ot to‘dada bilinar, Yigit – maydonda.
- Ot to‘rt oyoqli bo‘lsa ham, qoqiladi.
- Ot turganda eshak minilmas.
- Ot tuyog‘in toy bosar.
- Ot uloq ortganda bilinadi.
- Ot ushlagan – azobdan qutular.
- Ot yaxshisi aravada bilinar, Yigit yaxshisi g‘alvada bilinar.
- Ot yaxshisi bo‘z bo‘lur, Er yaxshisi toz bo‘lur.
- Ot yetti kunda, It yegan kunda.
- Ot yovni quvsang, yetqazar, Yovdan qochsang, qutqazar.
- Ot yovvoyisi – qulon, Echki yovvoyisi – quralay, Odam yovvoyisi – barzangi.
- Ot – boydan, pul – saroydan.
- Ot – minganniki, Qilich – taqqanniki.
- Ot, bir qilig‘i yot.
- Ot, otdan keyin yot.
- Ota so‘rab netarsan, Erning o‘zi bo‘lgan so‘ng, Yo‘lni so‘rab netarsan, Ot ustiga mingan so‘ng.
- Otang borida er tani, Oting borida yer tani.
- Otasi bor otlanmas, Onasi bor tebranmas.
- Otasi boshqa, otdan tush, otalashim, otga min.