"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- Ot bilan eshakka to‘qimning farqi yo‘q.
- Ot bir bosgan yerini uch bosar.
- Ot bolasi – ot bo‘lar // Ot bolasi – ot, It bolasi – it bo‘lar.
- Ot boqquncha toy boq.
- Ot bosganni toy bosar, Toy bosganni bir bosar.
- Ot bosmagan // bosmayman degan joyini uch bosar.
- Ot bosmayman degan yerini uch/ming bosar.
- Ot bo‘lsang-u, kishnamasang, Odam bo‘lsang-u, ishlamasang.
- Ot chachasi uzunligi – o‘ziga zarar.
- Ot chag‘iri – itga barobar, It chag‘iri – otga barobar.
- Ot chanqasa, ikki quduqdan suv ichar.
- Ot chopmaydi – baxt chopadi.
- Ot do‘sti – ota do‘sti.
- Ot egasini taniydi.
- Ot ham chavandozga hunarini ko‘rsatadi.
- Ot hurkkan yeridan o‘tmas, Er – qo‘rqqan yeridan.
- Ot kiftining yag‘iri bolasiga meros qoladi.
- Ot kimniki – minganniki, To‘n kimniki – kiyganniki.
- Ot kishnashib qulunin topar.
- Ot kishnashib tanishar, It – iskashib.
- Ot kishnashib topishar, Odam – eslashib.
- Ot ko‘rganning oyog‘i oqsar.
- Ot ko‘rmagan ot ko‘rsa, Mina-mina // chopa-chopa o‘ldirar.
- Ot ko‘rmagan ot ko‘rsa, Otxonada ot chopar.
- Ot min-da, oyog‘ingning ostini ko‘zla, Tuya min-da, olisni ko‘zla.
- Ot mingan otasini tanimas // Ot mingan otasini unutibdi.
- Ot mingan otasini tanimas, toy mingan — tog‘asini.
- Ot minganga yetaman deb, eshaklining tayog‘i tushibdi.
- Ot minganga yetaman deb, toylining tayog‘i tushibdi.
- Ot minmagan ot minsa, chopa-chopa o‘ldirar, To‘n kiymagan to‘n kiysa, qoqa-qoqa to‘zdirar.
- Ot minsang — yo‘lingga qara, ish qilsang — ko‘zingga qapa!
- Ot minsang, yugan sol, Yugan solmasang piyoda qol.
- Ot minuvchisini taniydi.
- Ot och qolsa, yolini yer, Qush och qolsa, patini yer.
- Ot olsang — yaqindan ol, xotin olsang — uzoqdan.
- Ot olsang, ovuling bilan kengash, Xotin olsang, urug‘ing bilan kengash.
- Ot olsang, oy kengash, Xotin olsang – yil.
- Ot olsang, yaqindan ol, Xotin olsang, yiroqdan ol.
- Ot olsang, yomg‘irda olma.
- Ot olsang, yurishligin ol, Xotin olsang, es-hushligin ol.
- Ot oriq bo‘lsa ham, yag‘ir bo‘lmasin.
- Ot oriqlikda, qiz yetimlikda ko‘rimsiz.
- Ot oriqlikda, yigit g‘ariblikda.
- Ot orqasiga egasin mindirmas.
- Ot otlantirar, eshak endirar.
- Ot oyligin o‘ylar, tuya – yilligin, Eshak oyoq ostin o‘ylaydi.
- Ot oyligini o‘ylar, tuya – yilligin.
- Ot oyog‘i sinsa – et bo‘ladi, Arava g‘ildiragi sinsa – o‘tin.
- Ot oyog‘idan semirar.
- Ot ozig‘in toy ko‘tarar.