"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- Mina olmasam, otni mina olmayman, eshakning esa jonini olaman.
- Minganing yaxshi ot bo‘lsa, Olisni yaqinday ko‘r.
- Minganing – kishining biyasi, Ertaga kelar egasi.
- Mingdan – tulpor, yuzdan – yugurik (chiqar).
- Minmoqqa ot kerak, otmoqqa – o‘q.
- Mol so‘ygan joyga uch kungacha bormagin, ot so‘ygan joydan uch kungacha qolmagin.
- Molboqar bo‘lsang bo‘l, Otboqar bo‘lsang bo‘l, Tuvak yalovchi bo‘lma.
- Norg‘ul, to‘la eshakdan, Oriq bo‘lsa ham, ot yaxshi.
- Och otim – bor otim, To‘q otim – yo‘q otim.
- Och qolmaguncha osh qadrini bilmas, Yayov qolmaguncha ot qadrini bilmas.
- Odam so‘ylashguncha, yilqi qashishguncha.
- Og‘a-ining yomonlab, qani tuqqan topganing, Arg‘umoqni yomonlab, qani tulpor topganing?!
- Og‘ling yomon bo‘lsa – darmoning ketar, oting yomon bo‘lsa – armoning ketar.
- Ola ot yuk tashuvchi bo‘lmas.
- Ola ot – balo ot.
- Ola yilqi yo‘qolmaydi, Haromzoda o‘ng‘almaydi.
- Olachani otga sanama, Yaxshini yotga sanama.
- Olgan – olganniki, Ot – minganniki.
- Olis yo‘l otni sinar, Og‘ir yuk//kun mardni//erni sinar.
- Olis yo‘lda ot sinalar, Og‘ir kunda – xotin.
- Olisdagining oti o‘zguncha, Qo‘radoshingning qo‘yi o‘zsin.
- Olti ahmoq yig‘ilsa – chopqir otning bozori.
- Olti yashar otga minsa, Oltmish yashar salom berar.
- Oltin egaring otga botsa, Oltinni ol-da, o‘tga yoq.
- Oltmish qulon ot bo‘lmas, Tug‘ishganing yot bo‘lmas.
- Oltmish qulon//qarsoq ot bo‘lmas.
- Oq ko‘ngilning oti ham ozmas, to‘ni ham to‘zmas.
- Oq qoptol ot Otboshi o‘tin o‘tlamas.
- Oriq bo‘lsa ham, ot yaxshi.
- Oriq degan yomon toy, Yozga chiqib ot bo‘lar//bo‘lur, Yomonlikni ko‘p qilsa, Yaqin kishi yot bo‘lar// bo‘lur.
- Oriq otga cho‘p ilashmas.
- Oriq otga qamchi – yov, Teshik tomga tomchi – yov// Oriq otga qamchi og‘ir, yirtiq uyga tomchi og‘ir.
- Oriq otga qamchin ham og‘ir// Oriq otga qamchi – yuk.
- Oriq otning ichagi keng bo‘ladi.
- Oriyat oydagin etar, Olib ketsa, toydagin etar.
- Ortki ayilning botganini egasi bilmas, ot bilar, Og‘a-inining ozganini o‘zlari bilmas, yot bilar.
- Osh qadrini bilmasang, ochlik berar jazongni, Ot qadrini bilmasang, yayovlik berar jazongni.
- Osh yeganda ot kuchi bor, Go‘sh(t) yeganda toy kuchi bor.
- Osh – odamning quvvati, Ot – odamning qanoti.
- Osh – otliniki, to‘y – to‘nliniki.
- Oshga borgan – otidan ko‘ngli qolar, to‘yga borgan – xotinidan.
- Oshing borida er tani, berib yurib, Oting borida yer tani, yelib yurib// Oting borida yer tani, oshing borida er tani.
- Oshiqqan ishini bitirmas, aqlli otini yo‘qotmas.
- Oshiqqan otga yetguncha, boshi toshga yetadi.
- Ot ag‘nagan yerda jun qolar.
- Ot arpa yesa, Eshak qulog‘in soladi.
- Ot ayagan – yerga qarar, Qush ayagan – ko‘kka qarar.
- Ot ayiling mahkam bo‘lsa, Oting tuvlab ne qilar. Og‘a-ining qobil bo‘lsa, Eling tuvlab ne qilar.
- Ot aylanib qozig‘idan ketmaydi // Ot aylanib qozig‘iga qaytadi.
- Ot azasi – olti oy.