"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- Dovulli kun qush solma, Yog‘inli kun ot olma.
- Echkining shoxi, otning tuyog‘i xavfli, nodonning – hamma yog‘i.
- Egar-jabduq urgan bilan eshak aslo ot bo‘lmaydi.
- El qo‘llasa, otingni so‘y.
- El − qo‘ngan yerda, Ot − to‘ygan yerda//El qo‘ngan yerni bilar, Ot to‘ygan yerda tinar.
- Enasi tepgan qulunning eti og‘rimas.
- Er kishiga – pichog‘-u chaqmoq, Chaqmoqni otga alishgan – ahmoq.
- Er qanoti – ot.
- Er yigitning ko‘nglida egarlangan ot yotar//Er yigitning ichida arava qo‘shgan ot yotar.
- Erka boqilgan qulun tekis yerda ham qoqiladi.
- Erning oti – erga teng.
- Erning otini yo oti chiqaradi, yo xotini.
- Erta tur, otangni ko‘r, Otangdan so‘ng otingni ko‘r.
- Eshak bilan bir tursa, bedov tulpor o‘tlamas.
- Eshak horiganin bilmas, Ayg‘ir qariganin.
- Eshak maqtanib tulpor bo‘lmas, Qarg‘a maqtanib shunqor bo‘lmas.
- Eshak o‘zin kam sonmaydi bedovdan, Baho berar el – o‘tkazgan so‘ng sinovdan.
- Eshak yugurugi ot bo‘lmas.
- Eshakli otli ham bo‘lar.
- Eshakminchoq toj bo‘lmas, It uzumi tok bo‘lmas, Eshak yig‘ilib ot bo‘lmas, O‘z urug‘ing yot bo‘lmas.
- Fohish ota// Tarbiyasiz ota – ota emas, ayg‘ir.
- Giyranda kulib yig‘lar, Toy bersang erib yig‘lar.
- Har toycha suv ichgan bulog‘ini maqtaydi.
- Ikki qirchang‘i bir to‘qayda topishar.
- Ikki tepong‘ich otning o‘rtasida qolgan eshakning sho‘ri quriydi.
- It qarisa, qopolmas, Ot qarisa, tepolmas.
- Itni qopmas deb bo‘lmas, Otni tepmas deb bo‘lmas.
- Itning achchig‘i quyrug‘idan bilinar, Otning achchig‘i qulog‘idan bilinar.
- Itning chog‘iri otga tenglashar, otning chog‘iri itga tenglasha olmas.
- Jar boshiga yetganda otning boshini tortma.
- Kalning yaramasi ko‘prik tagida ot hurkitar.
- Kepak yegan ot yuguruk bo‘lmas, Loydan yasagan tuynuk bo‘lmas.
- Kepak yegan ot yuguruk bo‘lmas.
- Kepakka semirgan ot poygadan kelmas.
- Kishanli ot – o‘z oting, Tushovli ot – bo‘sh oting.
- Kishi olasi ichida, Yilqi olasi tashida.
- Kishi oti – terchil, kishi to‘ni – kirchil.
- Kishining otini minsang, ketingni qalqa tut.
- Kishnagan ayg‘irning uyurin ko‘r, Chirangan yigitning uyin ko‘r.
- Ko‘k bedani ko‘rsa, qari ot ham o‘ynoqlaydi.
- Ko‘ngil yugurukmi, ko‘k do‘nan yugurukmi?
- Ko‘ngilchakning oti ozmas, to‘ni to‘zmas.
- Ko‘prikdan ot ham o‘tadi, eshak ham.
- Kulukni kelganda ko‘r, Dumini suzganda ko‘r.
- Kun hisobin oy olar, Bedov o‘rnin toy olar.
- Kuningdan bir kuning qolsa – bedov min, Pulingdan bir puling qolsa – palov ye.
- Kuysiz kuluk yugurmas.
- Manmanga – balo, Yugurukka – tumor.
- Mehmonni otqar, Boshingni qutqar.
- Mehmonning otini asl derlar, Uch kundan keyin sasir derlar.