"Ot" komponentli o'zbek maqollari
- Ahmoq otga minsa, otasin tanimas.
- Alp onadan tug‘ilar, Arg‘umoq – biyadan.
- Apna yegan ot o‘ynaydi.
- Arava mingan suvayga yo‘l bermas.
- Aravani ot tortar, Ko‘lankasida it yotar.
- Arg‘umog‘im jirtak otdi, Loyni ko‘rib tappa yotdi.
- Arg‘umoq ot bo‘lmas ozgan so‘ng, xo‘jasi quliga boqmas yozgan so‘ng.
- Arg‘umoq otning boshini no‘xta qisadi, Mard yigitning boshini yo‘qlik qisadi.
- Arg‘umoqning belgisi – oz o‘tlab, ko‘p yuvshar, Azamatning belgisi – oz so‘zlab, ko‘p tingshar.
- Arg‘umoqning yaxshisi chopsa – kuluk, sotsa – pullik.
- Arpa yemagan otlarim ajriqqa zor bo‘ldi, Podsho mingan otlarim gadoylarga xor bo‘ldi.
- Arpa yemas otlarim ajriqqa zor bo‘ldi.
- Arpasiz ot qir osholmas, Orqasiz alp dushmanni yengolmas// Arpasiz ot tov osholmas, Orqasiz alp yov bosolmas.
- Arslon bo‘kirsa, otning oyoqlari chalishar.
- Ayg‘irning o‘zi qarisa ham, g‘amzasi qarimas.
- Baland oxurdan yem yegan ot yerdagini yeyolmas.
- Baytal yugurib, poyga ololmas.
- Beda bersang toyga ber – Qasir-qusir chaynasin, Qizni bersang yoshga ber – Ishqi bilan o‘ynasin.
- Bedov ot yo‘lda surinar.
- Bir kunlik umring qolsa ham, bedov min // tushga qolmay yo‘rg‘a min.
- Bir ot orqasidan ming eshak yem yer.
- Bir qirchang‘i yilqi butun uyurni qirchang‘i qiladi.
- Bir tablada ot ham bo‘lar, eshak ham (bo‘lar).
- Bir tanga – biya bo‘lmas, Ikki tanga – tuya bo‘lmas, Birov molin qizg‘angan – o‘z moliga ega bo‘lmas.
- Bir yigitning orqasidan qirq yigit otga minadi.
- Birovnikiga borsa, o‘zi choyxo‘r bo‘ladi, oti – yemxo‘r.
- Birovning ot ko‘tarmas bo‘zi bor, Birovning ot ko‘tarmas so‘zi bor.
- Biya ko‘p bo‘lsa – qulun ko‘p.
- Biya o‘lsa – qulun yosh, Qulun o‘lsa – ko‘zing yosh.
- Biya, topib beradi tuya.
- Biz ham kishi bo‘larmiz, Otga kishan solarmiz.
- Boshiga tushsa, baytal ham yo‘rg‘a bo‘ladi.
- Boshsiz bo‘rk bo‘lmas, Totusiz turk bo‘lmas.
- Botir yovdan qaytmas, Uloqchi – g‘ovdan.
- Botirga bayov botinolmas, Otliqqa yayov yetisholmas.
- Boy bolasi boyga o‘xshar, Boylanmagan toyga o‘xshar.
- Boy bolasi – boydakkina, egarlangan toydakkina.
- Bo‘lar ot oyligidan belgili.
- Bo‘laringda bo‘lib o‘t, bo‘z yo‘rg‘aday yelib o‘t.
- Bo‘ron kuni qor bossa, yolg‘iz otni o‘ldirar.
- Bo‘sh to‘rva bilan ot tutilmas.
- Chachasi uzun ot – zotli bo‘lar.
- Chaqmoq, chaqmoqni otga alishgan – ahmoq.
- Chavandoz otini, yaxshi er xotinini qaritmaydi.
- Chidarli oting – o‘z oting, Tushovli oting – bo‘sh oting.
- Chinozga tayoq bilan borgan kishi toylik bo‘lib keladi, Mirzacho‘lga toy bilan borgan kishi tayoqlik bo‘lib keladi.
- Choriq bo‘lsa – oyoq og‘rimas, to‘qim bo‘lsa – ot yag‘ir bo‘lmas.
- Cho‘g‘ni etak bilan yopib bo‘lmas, Yomon ot bilan uloq chopib bo‘lmas.
- Devor minganga ot yoqmas.
- Dovonlardan ot oshirar, Ahillarga baxt ochilar.