Interpretation of values in Uzbek and Turkish proverbs with the “horse” component
Annotatsiya
Maqolada “ot” komponentli o‘zbek va turk maqollarida ifodalangan qadriyatlar aksiolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Aksiolingvistikaning predmeti va vazifalari bayon etilib, maqollarda aks etgan qadriyatlarning yetti turi — intellektual, estetik, axloqiy, ijtimoiy, fiziologik, iqtisodiy va diniy qadriyatlar — misollar asosida ko‘rsatiladi.
    Voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy,
madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha qadriyat
hisoblanadi. Qadriyatlar haqidagi dastlabki qarashlar Aristotelga tegishlidir.
Aristotelning so‘zlar ma’nosini tavsiflovchi predikatlar bilan taqqoslab tahlil qilishi va aksiolingvistikaning shakllanishiga salmoqli hissa qo‘shgani N.Arutyunova tomonidan
ham ta’kidlangan (Арутюнова Н., 1988:13).
    Qadriyatlarni ifodalovchi va aksiologiyani shakllantiruvchi lisoniy vositalar
aksiolingvistikaning predmeti sanaladi. Aksiolingvistikaning vazifasi til birliklarini
qadriyatning tarkibiy qismi sifatida reallashtirish bo‘lsa, maqsadi dunyoning qadriyat
manzarasini tadqiq qilishdir.
    Aksiolingvistikaning rivojida A.Ivin, N.Arutyunova, Y.Volf, S.Pavlov,
Y.Serebryannikova, V.Karasik, L.Bayramova, G.Bagautdinova, G.Gibatova, R.Yunusova,
P.Breshon, N.Nelyubova, V.Xiltbrunner, V.Yershov, D.Moskalyova, A.Golovanova,
L.Katsyuba, T.Vladimirova singari olimlarning tadqiqotlari muhim o‘rin tutadi.
   Maqollarning aksiologik imkoniyatlari hamda qadriyatlar tizimi dunyo tilshunosligida
chuqur tadqiq etilgan. O‘zbek tilshunosligida ham maqollarga xos xususiyatlar qiyosiy
hamda chog‘ishtirma asosda tahlil qilingan. Jumladan, qardosh bo‘lmagan tillardagi madaniy
belgilar o‘zbek va ingliz maqollari misolida o‘rganilgan (Рахматова М., 2019).
   O‘zbek xalq maqollarining pragmatik xususiyatlari; maqollarni yuzaga keltiruvchi
intralingvistik va ekstralingvistik omillar alohida tadqiqot obyektini tashkil qilgan (Жўраева
Б., 2019).
    Nutq madaniyatini ifodalovchi o‘zbek xalq maqollarining lingvo-funksional va xulqiy
qiymati aniqlangan (Ахроров А., 2021).
    O‘zbek va rus maqollarida aks ettirilgan qadriyatlar tizimi darajalari belgilangan,
antropotsentrik maqollardagi shaxs qiyofasini aksiologik
talqin qilish modeli ishlab chiqilgan (Маджидова Р., 2020).
    O‘zbek tilshunosligida maqollarning aksiolingvistik xususiyatlari ham ilmiy jihatdan
tadqiq etilgan. Gavharoy Komilovaning “O‘zbek tilidagi maqollarning aksiolingvistik tahlili”
mavzusidagi dissertatsiyasida maqollardagi qadriyatlar tizimi tahlil qilingan. Dissertant
o‘zbek maqollarida aks etgan qadriyatlarni 7 turga ajratadi: 1. Intellektual qadriyatlar. 2.
Estetik qadriyatlar. 3. Axloqiy qadriyatlar. 4. Ijtimoiy qadriyatlar. 5. Fiziologik qadriyatlar.
6.Iqtisodiy qadriyatlar. 7.Diniy qadriyatlar (Комилова Г., 2022). “Ot” komponentli o‘zbek
va turk maqollarida bu guruhlarga mansub bo‘lgan qadriyatlarning barchasi ifodalangan.
    O‘zbek va rus maqollarida aks ettirilgan qadriyatlar tizimi darajalari belgilangan,
antropotsentrik maqollardagi shaxs qiyofasini aksiologik
talqin qilish modeli ishlab chiqilgan (Маджидова Р., 2020).
    O‘zbek tilshunosligida maqollarning aksiolingvistik xususiyatlari ham ilmiy jihatdan
tadqiq etilgan. Gavharoy Komilovaning “O‘zbek tilidagi maqollarning aksiolingvistik tahlili”
mavzusidagi dissertatsiyasida maqollardagi qadriyatlar tizimi tahlil qilingan. Dissertant
o‘zbek maqollarida aks etgan qadriyatlarni 7 turga ajratadi: 1. Intellektual qadriyatlar. 2.
Estetik qadriyatlar. 3. Axloqiy qadriyatlar. 4. Ijtimoiy qadriyatlar. 5. Fiziologik qadriyatlar.
6.Iqtisodiy qadriyatlar. 7.Diniy qadriyatlar (Комилова Г., 2022). “Ot” komponentli o‘zbek
va turk maqollarida bu guruhlarga mansub bo‘lgan qadriyatlarning barchasi ifodalangan.
    Har bir tilning imkoniyatlari uning so‘z boyligiga qarab belgilanadi. Maqollar so‘z
boyligini yanada oshiruvchi vositalardandir. Ularda dunyoqarashimiz, qadriyatlarimiz,
an’analarimiz, e’tiqodimiz aks etadi. O‘z ma’nosida va ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi maqollarda jamiyat hayoti, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ijtimoiy hukmlar,
axloqiy mezonlar haqidagi muhim ma’lumotlar o‘ziga xos tarzda ifoda etiladi. O‘zbek va
turk tillarida “ot” komponentli maqollar sonining juda ko‘pligi diqqatga sazovor. Ularda
asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlar ulug‘lanadi.
    Ot turkiy xalqlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Moddiy to‘kislik, ijtimoiy mavqe ramzi
bo‘lgan otga egalik qilish oson emasligi Ata eyer gerek, eyere er gerek (Otga egar kerak,
egarga er (mard) kerak); At at oluncaya kadar sahibi mat olur (Ot ot bo‘lguniga qadar sohibi
mot bo‘lur) maqollarida haqiqiy erkak, mard insonning boshqalarni ham o‘ziga teng
ko‘rishi, ot hadya qilish qadriyati Yiğit yiğide at bağışlar(Yigit/mard yigit/mardga ot berar)
maqolida o‘z ifodasini topgan. Atta, avratta uğur vardır maqolida otni va ayolni muqaddas
deb bilish qadriyatining tasvirini ko‘ramiz.
    Og‘ir kunda yordam berish xalqlarimizning azaliy ezgu odatlaridandir. Qadr bilgan
qarindosh mard bo‘lishga ko‘ndirar, Er boshiga er tushsa, suyab otga mindirar maqolida
mard inson o‘zganing boshiga ish tushganida yordam qo‘lini cho‘zishi, qo‘llab-
quvvatlashi, hayotda o‘z yo‘lini topishiga imkon yaratishi tasvirlangan.
    Hayot tahlikalarga to‘la. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish uchun har bir masalani
chuqur o‘ylab ko‘rish, ehtiyotkor bo‘lish, boy hayot tajribasiga ega bo‘lgan insonlar bilan
bamaslahat ish tutish zarurligi “ot” komponentli maqollar misolida ham talqin etiladi.
Masalan, Ot olma piyodaning maslahati bilan, Xotin olma bo‘ydoqning maslahati bilan; Ot
olsang, minib ol, Xotin olsang, ko‘rib ol maqollarida ot minib ko‘rmagan, oti bo‘lmagan
inson otning qandayligini, uni qanday parvarishlash lozimligini; uylanib, oila qurmagan
inson esa xotin-qizlarning qandayligini, oila mustahkam bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor
berish kerakligini bilmasligi uqtiriladi.
    Ot ayagan ot minar, To‘nni ayagan to‘n kiyar; Aqllining oti ham horimas, Toʻni ham
to ‘zimas; Atına bakan ardına bakmaz (Otiga qaragan ortiga qaramas); İki at bir kazığa
bağlanmaz (Ikki ot bir qoziqqa bogʻlanmaydi) Irmaktan (çaydan/dereden) geçerken at
değiştirilmez (Daryodan(soydan/daradan) oʻtayotganda ot almashtirilmaydi) maqollarida
ehtiyojimiz uchun kerakli narsalarni ehtiyotlab, avaylab ishlatish zarurligi, moddiy
masalada bu jihat juda muhimligi, tejamkor bo‘lish; vaziyatni kuzatish, ehtiyotkorlik asosida
ish tutish kerakligi haqidagi fikrlar o‘z aksini topgan. Ot minmagan ot minsa, chopa-chopa
o‘ldirar, To‘n kiymagan to‘n kiysa, silkita-silkita to‘zdirar maqolida oldingi ahvolidan farq
qiladigan holatga kelgan kishining nima qilishini bilmay qolishi, o‘ziga ziyon yetkazadigan ishlarga qo‘l urishi, jumladan, ot minmagan inson ot minsa, tinmasdan uni choptirib
azoblashi, to‘n kiymagan to‘n kiysa, hammaga maqtanib, silkita-silkita to‘zdirishi
tasvirlangan. Nozik kuzatishlarga asoslangan bunday ijtimoiy hukmlar jamiyatning
ma’naviy qadriyatlari haqida tasavvur hosil qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
    Yo‘rg‘aning qadri yelganda bilinadi, Yaxshining qadri o‘lganda bilinadi maqoli
hayotdagi imkoniyatlarni, yonimizdagi insonlarni qadrlashga undaydi.
    Buyurmadan tutan evlat, gün doğmadan kalkan avrat, deh demeden yürüyen at
(Buyurmasdan qilgan farzand, kun chiqmasdan uygʻongan xotin, ogohlantirmasdan yurgan
ot) maqolida farzandning ota-ona buyrug‘ini kutmasdan o‘z vazifalarini, uy yumushlarini
bajarishi; ayolning barvaqt uyqudan turishi; egasining “Yur” deyishini kutmasdan
yuradigan otning yaxshi ekanligi; Ikki ot tepishsa, Oʻrtada eshak oʻlar // Atlar tepişir, arada
eşekler ezilir; At teper, katır teper arada eşek ölür maqollarida kuchlar, mavqelar teng
bo‘lmagan vaziyatlarda aybsizlarning zarar ko‘rishi; Ata binersen Allah'ı, attan inersen atı
unutma (Otga minsang, Allohni, otdan tushsang, otni unutma) maqoli mazmunida esa
hayotdagi vaqtinchalik muvaffaqiyatlar, moddiy boyliklar tufayli manmanlik qilmaslik,
har qanday amal, to‘kis hayotning so‘ngi borligini unutmaslik; ot haqida doimo g‘amxo‘rlik
qilish tavsiya etiladi.
    “Ot” komponentli o‘zbek va turk maqollarida tabiat va hayotdagi turli vaziyatlar
diqqat bilan kuzatilgani, tahlil qilingani, jamiyatdagi qonun-qoidalar, axloqiy mezonlarga
tayangan holda, ta’sirchan shaklda munosabat bildirilgani, tavsiyalar berilganini kuzatamiz.
Ularda yaxshilik, sadoqat, vatanparvarlik, mardlik, mehnatsevarlik, naslga e’tibor berish,
oilani asrash, ne’matlarni qadrlash singari qadriyatlar talqiniga alohida ahamiyat qaratiladi.
Aksan D. Türkçeye Yansıyan Türk Kültürü. – Ankara: Bilgi Yayınevi, 2011.
Aksoy Ö. Atasözleri ve Deyimler Sözlüğü. – İstanbul:Inkılâp Kitabevi, 1988.
Aksoy Ö. Benzerlikleriyle Türk Dünyasında Atasözleri. – İstanbul: Kültür Konseyi,
2021.
Aksu B., Akalın Ş., Toparlı R. Türk Atasözleri Sözlüğü. – Ankara: TDK Yayınları,
2022.
Akkuş M.Atasözleri ve Deyimler Üzerine İncelemeler. – Ankara: Akçağ Yayınları,
2022.
Bozorova S.“Devonu lug‘ati-t-turk”dagi “ot” komponentli maqollar tahlili. O‘zbek tili
taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari.−
Toshkent: Nodirabegim, 2021. – B.374-378.
Gümüş M., Yoldaşev İ. Türkçe Açıklamalı Özbek Atasözleri. – Ankara: Engin
Yayınevi, 1995.
Çobanoğlu Özkul. Türk Dünyası Ortak Atasözleri Sözlüğü. – Ankara: Atatürk Kültür
Merkezi Başkanlığı Yayınları, 2004.
Çotuksöken Y. Türkçe Atasözleri ve Deyimler Sözlüğü. – İstanbul: Toroslu Kitaplığı,
2004.
Ercilasun A. Dîvânu Lugâti’t-Türk’teki Şiirler ve Atasözleri. İstanbul: Bilge Kültür
Sanat Yayın Dağıtım San. ve Tic. Ltd.Şti, 2020.
Жўраева Б. Ўзбек халқ мақоллари шаклланишининг лингвистик асослари ва
прагматик хусусиятлари. Филол.фан.докт...(ДС) дисс. – Самарқанд, 2019.
Комилова Г. Ўзбек тилидаги мақолларнинг аксиолингвистик таҳлили. Филол.
фан. бўйича фалсафа доктори дисс. – Тошкент, 2022.
Öz A. Hayvanlarla İlgili Özbek Atasözleri. Türk Dünyası Dil ve Edebiyat Dergisi,
2000, № 9, 114-160.
O‘zbek xalq maqollari. (2019). Toshkent: Sharq.
O‘zbek xalq maqollari. (2019). Toshkent: Noshirlik yog‘dusi.
Shomaqsudov Sh., Shorahmedov, Sh. (1990) Hikmatnoma.Toshkent: O‘zbek sovet
ensiklopediyasi.
Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh.( 2001) Ma’nolar maxzani.Toshkent: O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi davlat ılmıy nashriyoti.
Tosheva D.(2017). Zoonim komponentli maqollarning lingvokulturologik
xususiyatlari. Filol.fan.b.f.d...(PhD) diss. Toshkent.
Yurtbaşı M.Sınıflandırılmış Türk Atasözleri. – Ankara: Özdemir Yayıncılık, 1994.